Новости
12.04.2024
Поздравляем с Днём космонавтики!
08.03.2024
Поздравляем с Международным Женским Днем!
23.02.2024
Поздравляем с Днем Защитника Отечества!
Оплата онлайн
При оплате онлайн будет
удержана комиссия 3,5-5,5%








Способ оплаты:

С банковской карты (3,5%)
Сбербанк онлайн (3,5%)
Со счета в Яндекс.Деньгах (5,5%)
Наличными через терминал (3,5%)

TIJORAT BANKLARIDA AXBOROT XAVFSIZLIK SIYOSATINING O’RNI

Авторы:
Город:
Ташкент
ВУЗ:
Дата:
12 августа 2017г.

Iqtisodiyotning rivojlanishi va takomillashi natijasida bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklarning roli tobora ortib bormoqda. Sababi hech bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z faoliyatini amalga oshirishi jarayonida bank xizmatini chetlab o’tib faoliyat yurita olmaydi va barcha hisob-kitoblarni bank orqali amalga oshiradi. Shu sababli bank tizimini mustahkamlash ularning erkinligini oshirish yo’lida islohotlarga hukumat miqyosida keng e’tibor berib kelinmoqda.

Hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan va ishlab chiqilayotgan qonun va qonun osti hujjatlarni bularning isboti sifatida keltirishimiz mumkin. Iqtisodiyotning real sektori hisoblangan bank tizimida o’tkazilayotgan islohotlar nafaqat banklarning, balki butun iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlashga asos bo’ladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda turli mulkchilik shakllariga asoslangan 30 dan ortiq tijorat banklari faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Ularning har birining mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o’rni o’zgachadir.

Shunday tijorat banklardan biri, jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan, AT “Aloqabank” dir. Ochiq akstiyadorlik-tijorat “ Aloqabank ” O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi telekommunikastiya tarmoqlarini rivojlantirish, rekonstrukstiya qilish va ularning ish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 502-sonli Qaroriga asosan, aloqa korxonalariga, kichik va o’rta biznes sub’ektlariga moliyaviy ko’mak berish maqsadida tashkil qilingan.

AT “ Aloqabank ” universal-tijorat bank sifatida:

-        2012 yil 10 martda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 8-A/2-sonli bank amaliyotlarini amalga oshirish listenziyasi (30.04.2009 yildagi, 13.08.2004 yildagi, 23.06.2001 yildagi va 22.04.1995 yildagi 48- sonli listenziyalarga almashtirilgan);

-        2012  yil   10  martda   O’zbekiston  Respublikasi   Markaziy bankining 55-sonli  xorijiy  valyutada amaliyotlarni amalga oshirish haqidagi Bosh listenziyasi (30.04.2009 yildagi 42-sonli, 29.01.2005 yildagi 7-sonli, 07.12.2001 yildagi 54-sonli va 21.08.1996 yildagi 38-sonli listenziyalarga almashtirilgan) asosida faoliyat ko’rsatmoqda.

Bankning tashkiliy-huquqiy shakli akstiyadorlik tijorat banki bo’lib, bugungi kunda bank akstiyadorlari 3 962 tani tashkil etadi. Shundan, 692 nafari yuridik shaxslar, hamda 3 270 nafari jismoniy shaxslardan iboratdir.

Bank akstiyadorlari safidan bir qator nufuzli kompaniyalar, tashkilotlar va qo’shma korxonalar o’rin olgan (1-rasm).

Bugungi kunda AT “ Aloqabank ”ning infrastrukturasi o’z ichiga:

Ø     poytaxt amaliyot boshqarmasi va 13 ta xududiy filiallarni;

Ø     xususiy va kichik biznes vakillari, dehqon va fermer xo’jaliklari, shuningdek aholining keng qatlamiga bank xizmatlari ko’rsatishni geografik kengaytirish maqsadida tashkil etilgan 22 ta minibankni;

Ø     respublikamiz bo’ylab aloqa xizmatlari, kommunal va boshqa to’lovlar qabul qilish, shuningdek aholi omonatlari bo’yicha amaliyotlar o’tkazish uchun tashkil qilingan bankning 95 dan ortiq operastion kassasini;

Ø     40 ta valyuta ayirboshlash shoxobchalarini;

Ø     pul o’tkazmalarini amalga oshirish uchun 48 ta xalqaro pul o’tkazish shoxobchalarini qamrab oladi.

Bank xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida faoliyat yurituvchi xo’jalik sub’ektlari, kichik biznes vakillari, xususiy tadbirkorlar va aholiga keng ko’lamdagi sifatli moliya xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo bo’lib tijorat banklarida xavfsizlikni saqlash uchun juda zalurdir .Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti — elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo‘yuvchi shaxsning o‘ziga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi bo’lib aholiga keng ko’lamdagi sifatli moliya xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.(1-rasm)




Bankning asosiy yirik mijozlarini axborot tizimlari va telekommunikastiya sohasi korxonalari tashkil etadi: jumladan: O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi; Muhammad al-Xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti; O’zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi; “O’zbektelekom” AK; “O’zbekiston pochtasi” AJ; Elektromagnit moslashuv markazi; “Matbuot tarqatuvchi” AK; Davlat aloqa inspekstiyasi; Axborot-kommunikastiya texnologiyalarini rivojlantirish Jamg’armasi; Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi va boshqalar.

AT “ Aloqabank ”ning ko’p yillik ish tajribasi, moliyaviy siyosati, zamonaviy texnologiyalardan , axborot xavfsizligi siyosatidan foydalanish va xizmat ko’rsatishda innovastion yondashuv mijozlarning bankka bo’lgan ishonchini doimiy ravishda oshirib bormoqda va o’zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlamoqda. Shu kunga qadar bank kuyidagi 2-rasmda keltirilgan yirik tashkilotlarga a’zo bo’lgan.


Bank va mijozlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni o’rnatishning asosiy tamoyillari doimiy konstruktiv dialog, ularning muammolariga va ehtiyojlariga e’tibor qaratish, tezkor samarali qarorlar qabul qilish va axborotlar-ning oshkoraligi hisoblanadi. Munosabatlarining o’sishi va rivojlanishi bank va mijozning moliyaviy holati bilan izohlanadi.

Ko’rsatilayotgan bank xizmatlarining sifati va ko’lamini kengayishi hisobiga mijozlar bazasi 177 350 tani tashkil etdi. Mijozlar bazasini tarkibi quyidagilardan iborat:

-   yuridik tashkilotlar – 6 235 ta;

-   yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar – 4 748 ta;

-   aholi omonatchilari – 38 047 ta;

-   plastik kartochkalardan foydalanuvchilar – 126 490 ta;

- VISA xalqaro plastik kartochkalardan foydalanuvchilar – 1 830 ta.

Korporativ mijozlar bilan ishlash AT “ Aloqabank ”ning muhim va muntazam rivojlanib boruvchi yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Bank tomonidan taklif etiladigan keng ko’lamdagi xizmatlar, yuqori professionalizm va bank xodimlarining bank sohasidagi ko’p yillik ish tajribasi, shu qatorda korporativ mijozlarga ham ko’rsatiladigan bank operastiyalari foydasining oshishiga yordam bermoqda. Uning faoliyatida axborot xavfsizligi siyosatini kuchliligi , AT “ Aloqabank ”ning ijodkor ishi,  ham milliy reyting Agentligi “Axbor-reyting”, ham mashxur xalqaro tijorat banklar reyting agentligi “Moody’s” tomonidan tan olingan.

AT “ Aloqabank ” o’zining butun faoliyati davomida moliyaviy bozordagi o’zining mavqeini mustahkamlashga intilib bormoqda. AT “ Aloqabank ” kapital bazasi yuqori bo’lgan banklardan biri hisoblanadi va shunga mos ravishda bank kapitalining mosligi bo’yicha barcha talablarni bajarmoqda. Bank uchun eng muhim ustuvorlik va rivojlanish strategiyasining muhim yo’nalishi, bu – kapital bazasining turg’unligini ta’minlashdir.

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida AT “ Aloqabank ” nafaqat o’z turg’unligini saqlab qoldi, balki ba’zi pozistiyalar bo’yicha dinamik o’sishlarga erishdi. Katta hajmdagi mablag’larni raqobatbardosh, ichki bozorda talabga ega bo’lgan va eksport bo’yicha talablarga javob beruvchi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi iqtisodiyotning real sektori mijozlarini qo’llab-quvvatlashga yo’naltirdi.

Bankning investistiya portfeli tarkibida akstiyadorlik jamiyatlarining akstiyalariga yo’naltirilgan mablag’lar 2,2 mlrd. so’mni, tijorat banklarining qimmatli qog’ozlariga yo’naltirilgan mablag’lar 2,0 mlrd. so’mni, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ustav fondiga yo’naltirilgan mablag’lar 5,1 mlrd. so’mni hamda jamoat fondlari ustav fondiga yo’naltirilgan mablag’lar 0,05 mlrd. so’mni tashkil etadi.